Asal - ming dardga davo
asal-ming-dardga-davo
About App
Asal – hayot sharbati.
Saxovatli tabiatda qadim zamonlardan asalning shifobaxsh xosiyati ma’lum.
Tibbiyot ilmining sultoni Abu Ali ibn Sinoning yozishicha asal mijozni tozalaydi, tomir yo‘lini ravon qiladi, ho‘llik va gazakni shimdiruvchi quvvati bor. U ho‘llik va gazakni badanning chuqur erlaridan tortadi, go‘shtni sasish va buzilishdan saqlaydi, chirkli chuqur yaralarni tozalaydi. Asal ko‘z xiraligini ketkazadi. Uni tanglay bilan ezib so‘rish va g‘arg‘ara qilish bo‘g‘madan xalos etishga yordam beradi. Asal suvi me’dani kuchaytiradi, ishtahani ochadi, ovqat hazmini yaxshilaydi. Achchiqtosh bilan mushtaraklikda temiratkiga davo bo‘ladi. Navqironlikni saqlash uchun, ayniqsa, yoshi 45 dan oshgan kishilar asaldan tez-tez iste’mol qilib turishlari kerak.
Developer info